AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda maktab direktori ishga kirmoqchi bo'lgan ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani uchun ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan audio ortidan boshqarma rasmiy qaror qabul qildi.

'Qashqadaryoda maktab direktori ishga kirmoqchi bo'lgan ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani uchun ishdan olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 17-maktab direktori ishga kirmoqchi bo‘lgan ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani haqidagi audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, holat o‘rganilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 16 oktyabr kuni chiqarilgan 844-K-sonli buyruq asosida direktor lavozimidan ozod etildi.

Boshqarma pedagog sha’niga dog‘ tushiruvchi holatlarni keskin qoralashini va bunday hollarda qat’iy chora ko‘rilishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar