AsosiyJamiyat

Shayxontohurda avtobusda bugʻ chiqishi vahima keltirib chiqardi

Mazkur holat yuzasidan FVB rasmiy izoh berdi.

'Shayxontohurda avtobusda bugʻ chiqishi vahima keltirib chiqardi'ning rasmi

Furqat ko'chasida avtobusdan chiqqan bug' yong'in deb o'ylangan, ammo hodisa motor nosozligi bilan bog'liq bo'lib chiqdi.

Bugun, 16 oktyabr kuni soat 17:47 da Shayxontohur tumanidagi Furqat ko'chasida avtobusda yong'in sodir bo'layotgani haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Yong'in-qutqaruv ekipajlari 4 daqiqa ichida voqea joyiga etib bordi. Tekshiruv davomida ma'lum bo'lishicha, avtobus motori sovitish tizimidagi nosozlik tufayli bug' chiqqan: suv shlangi yorilib, issiq motorga tushgan va bug'lanish sodir bo'lgan.

Avtobus haydovchisi vaziyatga tezkor munosabat bildirib, o't o'chirish vositasidan foydalangan. Yong'in sodir bo'lmagan, tan jarohati olganlar yo'q.

    Boshqa yangiliklar