Namoyishlar mamlakatning boshqa yirik shaharlarida, jumladan Vashington, Chikago, Mayami va Los-Anjelesda ham bo‘lib o‘tdi.
Shanba kuni ertalab Nyu-Yorkdagi Tayms maydonida norozilik boshlanishiida minglab odamlar yig‘ildi. Ko‘chalar va metroga kirish joylari qo‘llariga “Monarxiya emas, demokratiya” va “Konstitutsiya ixtiyoriy emas” degan yozuvlarni ko‘targan namoyishchilar bilan to‘lgan.
Namoyishlar oldidan Trump tarafdorlari namoyishchilarni o‘ta so‘l Antifa harakati bilan aloqadorlikda ayblab, “Amerikaga qarshi nafrat mitingi” deb atagan tadbirni qoraladi.
Aksiya tashkilotchilari va namoyishchilarning o‘zlari voqealar tinch o‘tganini aytishgan.
Nozo‘ravonlik "Qirollar yo‘q" norozilik aksiyalarining asosiy printsipi bo‘lib, xuddi shu nomdagi tashkilot o‘z veb-saytida barcha ishtirokchilarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlardan qochishga chaqiradi.