19 oktyabr kuni soat 09:40 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi D-162 (4R-104) avtomobil yo‘lining 7-kilometrida Cobalt va Nexia 2 avtomobillari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan Nexia 2 avtomobiliga urilgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia'da yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1963 yilda tug‘ilgan erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi — 1959 yilda tug‘ilgan ayol esa Qumqo‘rg‘on tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga etkazilgan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmogda. Viloyat YXHB haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilish, ayniqsa, charchagan holatda rulga o‘tirmaslikni tavsiya qilmogda.






