Astronomlarning ma'lumotiga ko'ra, C/2025 A6 (Lemmon) nomli kometa 21 oktyabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Bu hodisa so'nggi 1350 yil ichida birinchi marta sodir bo'lmogda.
Kometani O'zbekistonda ham quyosh botganidan keyin, soat 19:00 dan 20:40 gacha osmonning g'arbiy qismida, Arktur yulduzi yaqinida kuzatish mumkin bo'ladi.
Ushbu noyob fazoviy hodisani teleskopsiz ham ko'rish imkoni mavjud, ammo osmonning tozaligi muhim omil sanaladi. Kometaning Yerga bo'lgan eng yaqin masofasi taxminan 89 million kilometrni tashkil qiladi.
Mutaxassislar ushbu hodisani sog'om ko'z bilan tomosha qilish xavfsizligini tasdiqlagan.