O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21 oktyabrda amalda bo‘ladigan qiyamatini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, dollar 48,09 so‘mga tushib, 12 060,15 so‘m bo‘lgan, yevro esa 104,51 so‘mga pastlab, 14 064,55 so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, Rubl kursi ham 0,23 so‘mga tushib, 148,87 so‘m bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, dollarning rasmiy kursi 17 oktyabrdan buyon faqat pastlagan.