O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, dollar 49,13 so‘mga tushib, 12 011,02 so‘m bo‘lgan. Euro 106,54 so‘mga pastlab, 13 985,01 so‘mni tashkil qilgan.
Rubl esa 0,79 so‘mga tushib, 148,08 so‘mni bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollar kursi 8 oktyabrdan beri faqat ko‘tarilayotgandi. 17 oktyabrdan buyon esa u faqat pastladi.