AsosiyJamiyat

Toshkentda qurilishi tugallanmagan bino yonib ketdi

Hodisa tun yarmida yuz bergan.

'Toshkentda qurilishi tugallanmagan bino yonib ketdi'ning rasmi

Toshkentning Mirabod tumanidagi Sarakul ko‘chasida joylashgan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 21 oktyabr kuni soat 22:31 da qayd etilgan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 8 daqiqada etib borgan. Yong‘in 22:52 da qurshab olingan va 22:58 da to‘liq o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, yerto‘lada saqlanayotgan qurilish mollari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar