AsosiyDunyo

Trump G‘azoga qo‘shin kiritmoqchi

Buning ortidan u nimalarni koʻzladi?

'Trump G‘azoga qo‘shin kiritmoqchi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Gʻazodagi vaziyat yuzasidan ittifoqchi davlatlarning harbiy yordam taklifini olganini maʼlum qildi.

Unga koʻra, HAMASga qarshi qoʻshin kiritilishi ehtimoli bor, ammo hozircha bunday qaror qabul qilinmagan.

Trumpning taʼkidlashicha, Yaqin Sharq va unga yaqin hududdagi bir qator davlatlar zarurat tugʻilganda Gʻazo sektoriga qoʻshin kiritib, HAMAS harakatiga qarshi kurashishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. U bu davlatlarni "buyuk ittifoqchilar" deb atagan va ularning yordam taklifini katta ishtiyoq bilan qabul qilganini aytgan.

Shu bilan birga, Trump ularni va Isroilni hozircha shoshilmaslikka chaqirgan.

“Men bu davlatlarga va Isroilga ‘Hozir emas!’ dedim. Hali HAMAS toʻgʻri yoʻlni tanlashi mumkin degan umid bor”, — deb yozgan Trump Truth Social tarmogʻida.

AQSh rahbari, agar HAMAS kelishuvni buzishda davom etsa, javob "tez, shiddatli va shafqatsiz" boʻlishini ogohlantirgan. U barcha yordam taklif qilgan ittifoqchilarga minnatdorlik bildirgan.

Maʼlumot uchun, Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi 10 oktyabrda kuchga kirgan edi. Bunga qaramay, tomonlar kelishuvni bir necha bor buzganlikda bir-birini ayblab kelmoqda. 13 oktyabr kuni esa AQSh, Misr, Turkiya va Qatar vositachiligida yangi kelishuv imzolangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada "ro'mol talash" o'yini fojia bilan tugadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:51

    Turkiyada "ro'mol talash" o'yini fojia bilan tugadi

    16 yoshli o‘quvchi sinfdoshi tomonidan tanasining 5 ta joyidan pichoqlandi.

    'Zelenskiy ochiqchasiga Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishga tayyorligini bildiradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:22

    Zelenskiy ochiqchasiga Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishga tayyorligini bildiradi

    Ukraina va Evropa ittifoqi 12 banddan iborat tinchlik rejasini ishlab chiqmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.10.2025 20:34

    'AQSh va Kiyev Ukraingʻa Patriot havo mudofaa tizimini yetkazib beradi'ning rasmi

    Dunyo 21.10.2025 20:22

    AQSh va Kiyev Ukraingʻa Patriot havo mudofaa tizimini yetkazib beradi

    Zelenskiyning aytishicha, har bir Patriot tizimining narxi qariyb 1 milliard dollarni tashkil etadi.

    '65 yoshli bemor operatsiya paytida klarnet chaldi'ning rasmi

    Dunyo 21.10.2025 20:08

    65 yoshli bemor operatsiya paytida klarnet chaldi

    Ushbu jarayonda shifokorlar uning bosh miyasiga elektrik impulslari ta'sirini kuzatishlari mumkin bo'lgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.10.2025 17:54