AsosiyDunyo

Fransiyadagi yana bir muzeyda o‘g‘irlik bo‘ldi

Voqea Luvr muzeyidagi jinoyatdan bir kun o'tib sodir bo'lgan.

'Fransiyadagi yana bir muzeyda o‘g‘irlik bo‘ldi'ning rasmi

Fransiyaning Langre shahrida joylashgan "Deni Didro ma'rifat uyi" muzeyiga ham o'g'ri tushdi. Bu haqda France Info xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 20 oktyabr kuni ertalab ishga kelgan muzey xodimlari kirish eshigi buzilganini, oltin va kumush tangalar solingan shisha vitrina singanini anilaggan. Jinoyatchilar muzeyga qo'yilgan tangalarning bir qismini o'g'irlab ketgan.

Shuningdek, 1790—1840 yillarda zarb etilgan va 2011 yilda muzey binosini restavratsiya qilish paytida topilgan tangalar to'plami (1 633 ta kumush va 319 ta oltin) o'g'irlangan. Ularning umumiy qiymati 90 ming yevroga baholangan. Muzeyning boshqa eksponatlari o'z joyida qolgan.

 Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari zudlik bilan xabardor qilingan. Hozirda muzey xodimlari o'g'irlangan tangalar sonini aniqlamoqda. Langrdagi muzeyning talon-taroj qilinishi Parijdagi Luvr muzeyini tunab ketishganidan bir kun o'tib sodir bo'ldi. Niqobli jinoyatchilar imperator kollektsiyasidan to'qqizta eksponatni, jumladan, Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli zargarlik buyumlarini o'g'irlab ketgan. O'g'irlangan narsalarning umumiy qiymati 88 million yevroga baholanmoqda.

Jinoyatchilar va qimmatbaho taqinchoqlar hali topilmagan. Hozircha bu seriya ortida qandaydir jinoyiy guruh turgani yoki gap tasodif jinoyatlar haqida ketayotgani aniq emas. Luvrni talon-taroj qilish holatida tergovchilar uning ortida professional uyushgan to'da turganini aytmoqda.

    Boshqa yangiliklar