Slater Jon ismli zargar og‘ir kasallik tufayli o‘ng ko‘zidan ayirlangan. U protez ko‘zni odatiy ko‘rinishda emas, o‘ziga xos tarzda bezashga qaror qilgan va bu g‘oyani amalga oshirish uchun tajribali mutaxassis Jon Limga murojaat qilgan.
Limning so‘zlariga ko‘ra, u shu paytgacha 10 mingga yaqin sun'iy ko‘z tayyorlagan, eng kichik bemori 6 haftalik chaqaloq, eng yoshi kattasi esa 101 yoshda bo‘lgan. Biroq Slaterning ko‘zi material jihatidan eng qimmat va eng nooddiy namunasi bo‘lib chiqqan.
Markazida joylashgan 2 qirotli haqiqiy olmos yorug‘lik tushganda yaltirab turadi va Jonz ishtirokidagi har qanday suhbatda e'tiborni o‘ziga tortadi. Unga ko‘ra, bu nafaqat tibbiy vositа, balki o‘z ijodini ifoda etishning o‘ziga xos yo‘lidir.