AsosiyDunyo

Trump Kolumbiya prezidentini "yaramas qaroqchi" deb atadi

AQSh prezidenti Janubiy Amerikadagi narkokartellarga qarshi qat'iy chora ko'rishni va'da berdi.

'Trump Kolumbiya prezidentini "yaramas qaroqchi" deb atadi'ning rasmi

AQSh sobiq prezidenti Donald Trump Kolumbiya rahbari Gustavo Petroni "yaramas va qaroqchi" deb atadi. Bu haqda u 23 oktyabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda ma'lum qildi.

Trumpning ta'kidlashicha, Kolumbiya "giyohvand moddalar ishlab chiqarish markazi"ga aylangan va mamlakatda kokain miqdori keskin oshgan.

"Kolumbiya – bu giyohvand moddalar uyi. Endi biz bu holatga chiday olmaymiz", — dedi u.

Trump, shuningdek, Venesuelani ham AQShga giyohvand moddalar yetkazib berishda ayblab, Janubiy Amerikadagi narkokartellarni "G'arbiy yarimsharning ISHIDi" deb atadi.

U AQShda giyohvand moddalar savdosiga aloqador shaxslarga nisbatan keskin choralar ko'rishga va'da berdi.

    Boshqa yangiliklar