24 oktyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Europa kengashi Prezidenti Antoniu Koshata va Europa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Layen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Europa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (EPCA) imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Yangi hujjat 1996 yildagi Sheriklik va hamkorlik bitimini almashtirib, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini yangilaydi va kengaytiradi. EPCA 9 bo‘lim, 356 modda va 14 ilovadan iborat bo‘lib, siyosiy muloqot, savdo va investitsiyalar, fan va ta’lim, innovatsiyalar, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi sohalarni qamrab oladi. Bitim O‘zbekiston va Europa Ittifoqi munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berib, hamkorlikni misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqishi kutilmogda. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kecha rasmiy tashrif bilan Bryusselga etib borgan, uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva hamrohlik qilgan.






