AsosiyJamiyat

Toshkentda QQS bilan bog'liq 17 mlrd so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Holat yuzasidan hisobchi va boshqa shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Toshkentda QQS bilan bog'liq 17 mlrd so‘mlik firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, ilgari soliq idoralarida ishlagan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlarini ko‘rsatadigan MChJda hisobchi lavozimida faoliyat yuritayotgan shaxs o‘zining sobiq hamkasblari orqali bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga 17 milliard so‘mlik QQSning manfiy farq summasini qaytarish hamda to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirish evaziga 35 ming AQSH dollari talab qilgan. Ushbu shaxs MChJ ta’sischisidan 20,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan hisobchi va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov davomida gumondor o‘zining “yordamchini” Soliq qo‘mitasining katta inspektori orqali amalga oshirmoqchi bo‘lganini tan olgan. Mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyiy ishga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.

    Boshqa yangiliklar