AsosiyJamiyat

Jizzahda jinoyat ishi bo‘yicha qamalgan hokim ozod etildimi?

Oliy Sud ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

'Jizzahda jinoyat ishi bo‘yicha qamalgan hokim ozod etildimi?'ning rasmi

Jinoiy ishi bo‘yicha ayblanayotgan Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi M.X. ozod etilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Jizzax shahar sudi 10 iyul kuni M.X.ga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasini qo‘llagan bo‘lib, u hozirda tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Ayni paytda M.X.ga oid jinoiy ishi Arnasoy tuman sudi ish yuritishida bo‘lib, ko‘rib chiqish uchun tayinlash bosqichida ekani ma’lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar