Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati tergov ostidagi shaxsni Xovosdagi 8-son tergov hibsxonasidan tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish, shuningdek, keyinchalik sudda ishni uning foydasiga hal qilib berish uchun 5500 dollar talab qilgani aytilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u 4500 dollar va 6 million so‘m olayotganda qo‘lga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu advokat gumonlanuvchining manfaatlarini davlat hisobidan himoya qilish uchun jalb qilingan edi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.






