AsosiyBu qiziq

Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

Markaziy bank dollar, yevro, rublning o‘zbek so‘miga nisbatan amaldagi qiymatini e’lon qildi.

'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31 oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

Bildirilishicha, dollar 34,69 so‘mga ko‘tarilib, 12 025,22 so‘m bo‘lgan. Yevro 10,32 so‘mga oshib, 13 969,70 so‘mni tashkil qilgan.

Rubl’ esa 1,35 so‘mga pastlab, 149,36 so‘m bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, bundan bir kun avval dollar kursi 13,94 so‘mga pastlab, 11 990,53 so‘m bo‘lgandi

    Boshqa yangiliklar