AsosiyDunyo

Turkiyada 11 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Bunga 78 kishining hayotiga zomin bo'lgan mehmonxona yong‘ini sabab bo‘lgan.

'Turkiyada 11 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi'ning rasmi

Bugun, 31 oktyabr kuni Turkiyada ko‘plab kishilarning o‘limiga sababchi bo‘lgan mehmonxona yong‘inida ayblangan 11 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ushbu mudhish voqea joriy yilning yanvar oyida Bolu viloyatidagi Kartalay to‘g‘-chang‘i kurortidagi 12 qavatli “Grand Kartal” mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Yong‘in mehmonxonaning restoranida boshlandi va u 78 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Xususan, unda turkiyalik teleboshlovchi Nedim Turkman ham halok bo‘lgandi. Jurnalist oilasi bilan ta’tilda bo‘lgan. Uning rafiqasi Oysha Neva va ikki farzandi –18 yoshli qizi Ala Dora va 22 yoshli o‘g‘li Yuje Ata ham yong‘inda halok bo‘lgan. Faqat uchinchi qizi Pelin Turkman tirik qoldi. U otasining janozasida ishtirok etdi. 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Boluda yuz bergan yong‘in oqibatida oila a’zolarini yo‘qotgan Gultakin oilasiga hamdardlik bildirish uchun ushbu viloyatga tashrif buyurdi. Erdo‘g‘an hamdardlik izhoridan keyin dafn marosimida ishtirok etdi va ko‘z yoshlarini tiya olmadi. 

Halok bo‘lganlar orasida 34 nafar bola bor – yong‘in maktab ta’tilida, Istanbul va Anqaradan ko‘plab oilalar chang‘i uchish uchun to‘glarga yo‘l olgan paytda sodir bo‘lgan. Yana 137 kishi jarohatlangan.

TRT Haber hukm etilganlardan biri mehmonxona egasi Halit Ergul ekanini yozgan.

Hali yong‘in yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda. Ushbu jinoyat ishida 32 nafar ayblanuvchi bor, ulardan 20 nafasi tergov hibsxonasida.

Ayblanuvchilar orasida Halit Erguldan tashqari mehmonxona direktorlar kengashi a’zolari, menejerlari va xodimlari, shuningdek, shahar hokimi o‘rinbosari va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bor.

    Boshqa yangiliklar