AsosiyDunyo

Afgʻonistonda kuchli zilzila oqibatida nechta kishi halok boʻlgani ochiqlandi

“Tolibon” muvaqqat hukumat vakillari qurbonlar haqida ma’lumotni tasdiqlagan.

'Afgʻonistonda kuchli zilzila oqibatida nechta kishi halok boʻlgani ochiqlandi'ning rasmi

Bugun, 3 noyabrgacha o‘tar kechasi Afg‘onistonning shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 150 ga yaqin odam tan jarohati oldi. "Tolibon" muvaqqat hukumat vakillari qurbonlar haqida ma’lumotni tasdiqlagan. Zilzila Mazori-Sharifdagi mashhur Moviy masjidga ham jiddiy zarar yetkazgan. AQSH Geologik xizmati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligini bildirdi. Zilzila to‘lqinlari Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda ham sezildi. O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida yer silkinishi 5 ball kuch bilan qayd etilgan. Hududda binolarga zarar yetgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar