Donald Trump Nigeriya hukumatini mamlakatdagi nasroniylarga qarshi hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. Prezidentning ta’kidlashicha, agar hukumat bu zolimliklarga ko‘z yumishda davom etsa, AQSh Nigeriyaga ajratilayotgan barcha yordamni darhol to‘xtatadi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
“Agar nasroniylar o‘ldirilishiga hukumat tomonidan yetarli chora ko‘rilmasa, Amerika o‘z yordamini bekor qiladi va islom radikallari tahdidini bartaraf etish uchun qo‘shin yuborish masalasini ham ko‘rib chiqadi”, — deyiladi prezident bayonotida.
Trump Nigeriyadagi vaziyatni “keskin chora talab qilayotgan jiddiy muammo” sifatida baholab, Mudofaa vazirligiga ehtimoliy harbiy amaliyat uchun tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi.






