Bu ko‘rsatkich bilan mamlakat Singapurni ortda qoldirib, dunyoda yetakchi o‘ringa chiqdi.
Hisobotda qayd etilishicha, BAAda xodimlarning 59,4 foizi kundalik ish jarayonida AI texnologiyalaridan foydalanmoqda.
Bu natija Singapurdagi 58,6 foizlik ko‘rsatkichdan biroz yuqori bo‘lib, mamlakatni sun'iy intellektdan foydalanish bo‘yicha dunyoning ilgor davlatlari safiga olib chiqdi.
Mutaxassislar fikricha, bunga BAA hukumatining texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasi, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, raqamli infratuzilma va ma'lumot markazlarining kengaytirilgani sabab bo‘lgan.
Tadqiqotchilar hozirda AI vositalarining ish samaradorligiga ta'siri, xodimlarning texnologiyalar bilan ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda etik va ma'lumotlar xavfsizligi masalalarini chuqur o‘rganmoqda.






