Qashqadaryo viloyati sudi ma'lumotiga ko'ra, 13 oktyabr kuni "Buronjuz" mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi S.Q. o'z xonadonida to'y o'tkazgan va unda 14 ta katta qozonda ovqat tayyorlatgan.
Bu amaldagi talablarga zid hisoblanadi.
Erkak sudda aybini to'liq tan olgan va pushaymonligini bildirgan. Sud qaroriga ko'ra, u Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 192–1-moddasiga asosan 4 million 120 ming so'm miqdorida jarima to'laydi.






