“Hududgaz Jizzax” filiali yetakchi mutaxassisi MCHJda o‘tkazilgan tekshiruvda gaz hisoblag‘ich nosoz ekanligini aniklab, tegishli dalolatnoma tuzgan edi. U o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, dalolatnomani bekor qilish va tergovni to‘xtatish uchun MCHJ vakilidan 6 ming AQSH dollari talab qildi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tezkor tadbir davomida xodimni pulni olgan vaqtida ushlab, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi. Laboratoriya tekshiruvi natijasiga ko‘ra, gaz hisoblag‘ich tashqi ta’sirsiz nosoz bo‘lgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda.






