Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Qatortol ko'chasida joylashgan tez ovqat tayyorlash shoxobchasida yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.
Xabarga ko'ra, yong'in haqida soat 01:26 da xabar kelib tushgan. Yong'in-qutqaruv ekipaji 8 daqiqa ichida voqea joyiga etib borib, olovni soat 01:45 da qurshab olgan va 01:48 da to'liq o'chirgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Yong'inning sabablari o'rganilmoqda.






