AsosiyDunyo

Nepalda qor ko‘chki oqibati natijasida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi

Qutqaruvchilar jasodlarni izlashni davom ettirmoqda.

'Nepalda qor ko‘chki oqibati natijasida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi'ning rasmi

Nepalning shimoli-sharqidagi Dolaha tumonida joylashgan Yalung Ri tog'ida 4 noyabr kuni soat 09:00 da (GMT bo'yicha 03:15) qor ko'chki yuz berdi.

Seven Summit Treks ekspeditsiya agentligi ma'lumotiga ko'ra, hodisada jami yetti alpinist halok bo'lgan — ularning orasida ikki italiyalik, biri kanadalik, biri germaniyalik, biri fransuz va ikki nafar nepalik yo'lko'rsatuvchi bor.

Qutqaruvchilar hozirgacha ikki jasodni topgan, qolganlari esa qor ostida qolib ketgan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Sakkiz kishi tirik holatda qutqarilgan, ular poytaxt Katmanduga etkazilib, tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Seven Summit Treks rahbari Minma Sherpaning so'zlariga ko'ra, qolgan besh jasod 3–4,5 metr chuqurlikda bo'lishi mumkin, bu esa qidiruv jarayonini murakkablashtirgan.

Hududdagi yomon ob-havo va logistik muammolar tufayli qutqaruvchilar voqea joyiga vertolyot orqali ham, piyoda ham etib bora olmagan.

Kathmandu Post yozishicha, halok bo'lganlar 6332 metr balandlikdagi Dolma Khang cho'qqisiga chiqishga tayyorlanayotgan bo'lgan, Yalung Ri tog'iga chiqish esa iqlimga moslashish mashg'ulotlarining bir qismi edi.

Shuningdek, mamlakatning g'arbiy qismida joylashgan Panbari tog'ida ham ikki italiyalik alpinist bedarak yo'qolgan, ularni izlash ishlari davom etmoqda.

So'nggi haftalarda “Monta” siklonI sababli butun Nepal bo'ylab kuchli yomg'ir va qor yog'ishi kuzatilib, suv toshqinlari va ko'chkilarga sabab bo'ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Serbiyada futbol vaqtida murabbiy nega vafot etdi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:55

    Serbiyada futbol vaqtida murabbiy nega vafot etdi?

    U o'yin payti o'zini yomon his qilib hushidan ketgan.

    'Polsha Rossiyaga qarshi "dron devori" yaratmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:48

    Polsha Rossiyaga qarshi "dron devori" yaratmoqchi

    Ushbu loyiha ikki yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.

    'Huseyn Hasanov qidiruvga berildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:53

    Huseyn Hasanov qidiruvga berildi

    Yangi jinoiy ish bloggerga nisbatan qo‘zg‘atildi, u 170 million rub‘ miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblanmoqda.

    'Toshkentda tsex yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:04

    Toshkentda tsex yonib ketdi

    Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqdanmoqda.

    'Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:05

    Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi

    XPeng kompaniyasi vertikal uchish va qoʻnish imkoniyatiga ega "uchuvchi avtomobil"larni sinov tarigasida ommaviy ishlab chiqara boshladi.

    'Trumpning o'g'li AQSH prezidentligi uchun nomzod bo'lishini istamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:13

    Trumpning o'g'li AQSH prezidentligi uchun nomzod bo'lishini istamoqda

    Donald Trumpning o‘g‘li Eric Trump siyosatga kirish niyatini yashirmadi.