AsosiyBu qiziq

Bugun ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 5 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

'Bugun ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin'ning rasmi

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja gacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja gacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja gacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi-3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun tunda Oy bilan bog‘liq yana bir “super” hodisa sodir bo‘ladi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 08:36

    Bugun tunda Oy bilan bog‘liq yana bir “super” hodisa sodir bo‘ladi

    Bu yilgi eng katta va eng yorqin to‘liq Oy 5 noyabrdan 6 noyabrgа o‘tar kechasi Toshkent osmonida ko‘rinadi.

    'Fransiyada siyosatchi kalamushlarni hurmat qilishga chaqirdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 07:19

    Fransiyada siyosatchi kalamushlarni hurmat qilishga chaqirdi

    Bundan tashqari, u yelkasiga ushbu hayvonni chiqarib, do‘sti ekanligini aytdi.

    'O'zbekistonda dollar kursi pasaydimi?'ning rasmi

    Bu qiziq 04.11.2025 16:27

    O'zbekistonda dollar kursi pasaydimi?

    Markaziy bank 5 noyabdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'Eng koʻp nikoh qaysi viloyatda qayd etilgani aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.11.2025 09:20

    Eng koʻp nikoh qaysi viloyatda qayd etilgani aytildi

    O'zbekiston bo'yicha 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida 177 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.

    'Rimda oʻrta asrlarga oid tarixiy minora qulab tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.11.2025 09:02

    Rimda oʻrta asrlarga oid tarixiy minora qulab tushdi

    Ushbu mudhish hodisa sababli bir kishi halok bo‘ldi.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.11.2025 07:10

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    "O'zgidromet" 4 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.