AsosiyJamiyat

Saudiya Arabistoni o'zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

'Saudiya Arabistoni o'zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, talabgorlar Saudi German Hospital, Dr. Soliman Fakeeh Hospital, Dr. Sulaiman Al Habib Medical Group hamda Abeer Medical Group kabi shifoxonalarda ishlashi mumkin. Ishga qabul qilish tanlovlari joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida va respublika hududlarida online va offline shaklda o‘tkaziladi.

Tanlov manzil va sana haqida qo‘shimcha ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.

Ishga qabul qilish uchun nomzodlar hamshiralik ishi bo‘yicha bakalavr yoki o‘rta-maxsus diplomga ega bo‘lishi, soha bo‘yicha kamida bir yil ish tajribasi, 45 yoshdan oshmagan bo‘lishi hamda ingliz tilini muloqot darajasida bilishi lozim. Arab tilini bilish afzal hisoblanadi.

Maosh 1000–1500 AQSh dollar miqdorida belgilangan bo‘lib, malakali mutaxassislar uchun ko‘proq to‘lov ko‘zda tutilgan. Haftasiga olti kun, sakkiz soatlik ish jadvali joriy etiladi. Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.

Shuningdek, aviachipta xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://forms.gle/gpjBfmKY9CMUe2aA8

Murojaat uchun telefon raqami: (+998 71) 202-33-55 (ichki raqamlar: 123, 133, 210).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekistonda yana yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:21

    O'zbekistonda yana yer qimirladi

    Epitsentr Pop tumani. Bu safargi yer silkinishi 3 ballni tashkil etdi.

    'Qozog‘istondagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:29

    Qozog‘istondagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

    Holat bo‘yicha O‘zbekiston FVV rasmiy ma’lumot berdi.

    'Xalqaro qidiruvda boʻlgan qotil Misrdan Oʻzbekistonga deport qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:58

    Xalqaro qidiruvda boʻlgan qotil Misrdan Oʻzbekistonga deport qilindi

    Interpol hamkorligida jinoyiy javobgarlikdan qochgan shaxs ushlab olib kelingdi.

    'Farg‘onada umumiy qiymati 7 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:51

    Farg‘onada umumiy qiymati 7 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari aniqlandi

    30 kgdan ortiq narkotik modda va 17 mingdan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tezkor tadbirda musodara qilindi.

    'Andijonda buzilgan tandirning pulini hokim to‘lab berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:29

    Andijonda buzilgan tandirning pulini hokim to‘lab berdi

    Avvalroq, Shahrixon tumanida hokim ko‘rsatmasiga asosan, ko‘chada somsa pishirilayotgan tandirlar buzib tashlanganigi haqida xabar bergan edik.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:50