AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Toshkent shahar FVB yong‘in tafsilotlarini ochiqladi.

'Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Olmazor tumanida yong'in sodir bo'ldi. Joriy yilning 7 noyabr kuni soat taxminan 18:40da boshqarma dispetcherlariga usbu hodisa haqida xabar kelib tushgan.

Yong'in poytaxtning Olmazor tumanidagi "Shifokorlar" mahallasida joylashgan xonadonda yuz bergan. Voqea joyiga 9 daqiqa ichida yong'in-qutqaruv ekipajlari etib borib, olovga qarshi kurashni boshlagan.

Ko'rilgan tezkor choralar natijasida yong'in to'liq soat 19:12da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yong'in natijasida xonadonning 30 kvadrat metr maydoni, shuningdek, maishiy texnika va mebelllar zarar ko'rgan. Hozirda yong'in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar