Prezident farmoniga muvofiq, endilikda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo chorolari ancha og‘irlashtiriladi.
- 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish — narkobiznesni uyushgan guruh tarkibida yoki internet orqali amalga oshirish, narkolaboratoriya tashkil etish yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga nisbatan qo‘llaniladi.
- Jamoat joylarida giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun — 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanadi.
- Qo‘shaloq og‘irlashtirilgan javobgarlik — ko‘p miqdorda narkotik tayyorlash, saqlash, olib o‘tish yoki kontrabanda qilish holatlariga tatbiq etiladi.
- Voyaga yetmaganlarni himoya qilish maqsadida:
— ularni jalb etgan yoki ta’lim muassasalari hududida narkotik tarqatgan shaxslar uchun jazo ikki baravar og‘irlashtiriladi;
— bolalarga narkotik iste’mol qilishni o‘rgatganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
- Ayrim holatlarda narkojinoyat sodir etgan shaxslar muddatidan oldin shartli ozod etilmaydi.
Mazkur choralar mamlakatda narkomaniyaga qarshi kurashni kuchaytirish, aholini, ayniqsa yoshlarni, sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalashga qaratilgan.






