AsosiyJamiyat

5 kunlik ish tartibi, qo‘shimcha ustama, imtiyoz va mukofotlar...

Prezident tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qildi.

'5 kunlik ish tartibi, qo‘shimcha ustama, imtiyoz va mukofotlar...'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Hujjat bilan hukumatga 2026 yildan boshlab soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Qaroqqa muvofiq, 2026 yildan boshlab:

- Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘bat taqdim etiladi.

- 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tadi (bayram va dam olish kunlarida navbatchilik saqlanadi).

- 1 yanvardan yangi davolash usulini joriy etib, ijobiy natijaga erishgan shifokorlarga — BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot beriladi.

- 15 yil stajga ega xodimlar farzandlari uchun OTM bakalavriatidagi yillik kontrakt to‘lovining 30 foizi (BHM 15 baravaridan oshmagan holda) qoplanadi.

- Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida chop etilgan maqolalar uchun sarflangan xarajatlar to‘liq qoplanadi.

- Har yili 500 nafar (15 yil stajli) xodim uchun ipoteka orqali olinadigan uyning dastlabki badalini 25 foizgacha qoplanadi.

- Milliy akkreditatsiyadan o‘tgan muassasa xodimlariga lavozim maoshining 10% miqdorida oylik ustama beriladi.

- Kamida 3 yil stajga ega xodimlar yilda bir marta bepul yuqori texnologik tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

- Kamida 15 yil stajga ega xodimlar uchun yilda bir marta respublika sanatoriylariga bepul yo‘llanma ajratiladi.

- Barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun ikki barobarga kamaytiradi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2026 yildan boshlab Jamg‘armaga har yili indeksatsiya bilan 100 milliard so‘m ajratish hamda zarur xarajatlarni Davlat byudjetida ko‘zda tutish vazifasi yuklatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:10

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:45

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:29

    'Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:01

    Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi

    Prezident bu boradagi farmonni imzoladi.

    'Toshkent viloyatida fuqarolarni alday, 1 mlrd 32 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:41

    Toshkent viloyatida fuqarolarni alday, 1 mlrd 32 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi

    Ular odamlarga ajratilgan kredit mablag'larini naqdlashtirib berishni va'da qilib, 600 nafar fuqaroni chuv tushirgan.

    'Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:29

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

    Toshkent shahar FVB yong‘in tafsilotlarini ochiqladi.