AQSh Prezidenti Donald Trump mamlakat fuqarolariga bojxona daromadlaridan 2000 dollardan to‘lashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘lovlar “yuqori daromad” egalari bundan mustasno, barcha amerikaliklarga taalluqli bo‘ladi.
Trump AQShning xorijiy mahsulotlarga joriy etgan tariflari “trillionlab dollar daromad keltirayotganini” aytib, bojxona siyosatiga qarshi chiqayotganlarni “ahmoqlar” deb atadi.






