AsosiyJamiyat

Namanganda 23 ta iPhone 17’ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Quvayt va Jiddadan kelayotgan yo‘lovchilar iPhone 17 uyali telefonlarini Namangan aeroportida bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga urinishgan fosh etildi.

'Namanganda 23 ta iPhone 17’ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi'ning rasmi

Boʻjxona qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, Namangan viloyati boʻjxona boshqarmasining "Namangan aeroporti" chegaraviy boʻjxona postida mobil qurilmalarni respublikaga noqonuniy olib kirish boʻyicha bir nechta holatlar aniqlandi.

Quvaytdan uchib kelgan yoʻlovchilar guruhi oʻzlariga tegishli boʻlmagan, umumiy qiymati 160 million soʻmlik 8 ta iPhone 17 telefonini boshqa shaxsning iltimosiga koʻra olib oʻtishga uringan. Ular boʻjxona nazorati vaqtida toʻxtatilgan.

Jiddadan qaytgan yoʻlovchilar bilan bogʻliq ikki holatda ham shunday urinishlar kuzatilgan. Umra ziyoratidan qaytayotgan yoʻlovchilardan biri 5 ta iPhone 17’ni yashirincha olib kirishga harakat qilgan, boshqa bir fuqaro esa 10 ta telefonni yoʻlovchilarga tarqatib, "shaxsiy ehtiyoj uchun" degan bahona bilan boʻjxonadan oʻtkazishni rejalashtirgan.

Ammo u aeroport avtoturargohida telefonlarni yigʻib olayotgan paytda fosh qilingan. Hozirda usbu holatlar boʻyicha boʻjxona tekshiruvlari davom ettirilmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda tarqalgan "OIV yuqturadigan igna" videosi sahnadashtirilganmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:22

    '2026 yildan tibbiyot xodimlari besh kunlik ish haftasiga o'tadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:03

    2026 yildan tibbiyot xodimlari besh kunlik ish haftasiga o'tadi

    Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonning barcha davlat tibbiyot muassasalar xodimlari uchun besh kunlik ish tartibi joriy etiladi.

    '5 kunlik ish tartibi, qo‘shimcha ustama, imtiyoz va mukofotlar...'ning rasmi

    Jamiyat 09.11.2025 19:33

    5 kunlik ish tartibi, qo‘shimcha ustama, imtiyoz va mukofotlar...

    Prezident tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.11.2025 18:10

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.11.2025 16:45

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.11.2025 15:29