AsosiyDunyo

Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi

Turkiya Bosh prokuraturasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Isroil Katsga nisbatan genotsid hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish orderini chiqardi.

'Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berdi'ning rasmi

Turkiya Bosh prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, umumiy hisobda 37 nafar shaxs, jumladan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Isroel Katzga nisbatan hibsga olishga order berilgan.

Aylovlarga koʻra, ular Gʻazo sektoridagi ommaviy bombardimonlar, tinch aholining halok boʻlishi va gumanitar yordam etkazilishini toʻsish uchun javobgar hisoblanmoqda.

Prokuratura mazkur harakatlarni genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida baholagan. Turkiya rasmiylari tergov ishlari xalqaro huquq normalari va BMT konvensiyalariga muvofiq olib borilayotganini maʼlum qilgan.

    Boshqa yangiliklar