AsosiyDunyo

Zelenskiy energetika tizimidagi korruptsiya haqida jiddiy chiqish qildi

Ukraina etakchisi "Energoatom" kompaniyasida fosh etilgan korruptsiya sxemasiga munosabat bildirdi.

'Zelenskiy energetika tizimidagi korruptsiya haqida jiddiy chiqish qildi'ning rasmi

Uning aytishicha, energetika sohasidagi har qanday korrupsion harakatlar qat'iy jazolanishi lozim. "Har kim sxema qurgan bo'lsa, u aniq protsessual javob olishi kerak. Hukmlar bo'lishi shart", — deydi Zelenskiy.

Avvalroq, Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi (NABU) va Maxsus prokuratura (SAP) "Energoatom"dagI yirik korrupsiya sxemasini fosh qilganini ma'lum qilgan edi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, sxema ishtirokchilari shartnomalar qiyamatining 10–15 foizini o'zlashtirib, jami 100 million dollarni Kiyev markazidagi ofis orqali legalashtirishgan. Mazkur bino sobiq deputat Andrey Derkach oilasiga tegishli ekani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar