Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-17 jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, 11 noyabr kuni, guruh bosqichining 3-turida Panama jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi.
O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi ikki uchrashuvda bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan — Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Irlandiyaga 1:2 hisobida yutqazgan edi. Hozircha “J” guruhida Irlandiya 6 ochko bilan peshqadam, O‘zbekiston va Paragvayda 3 tadan ochko, Panamada esa yo‘q.
Jamoamiz bugungi bahsda g‘alaba qozonsa, 1/16 finalga yo‘l olish imkoniyatini katta darajada oshiradi.






