Donald Trump BBCning "Panorama" hujjatli filmida uning 2021 yil 6 yanvar kunidagi nutqi tahrir qilinib, noto‘g‘ri talqin qilinganini iddao qildi. U kompaniyadan filmni efirdan olish, rasmiy kechirim so‘rash va 1 milliard dollar miqdorida tovon to‘lashni talab qilmoqda.
Trumpning so‘zlariga ko‘ra, filmda nutqining qismlari kesilib, uni tarafdorlarni Kongressni bosib olishga chaqirgandek ko‘rsatgan. Mojaro ortidan BBC rahbariyati uzr so‘radi, ayrim yetakchi xodimlar iste’foga chiqdi.
Trump advokatlari BBC 14 noyabrgacha talablarni bajarmasa, Florida shtatida sud ishi ochilishini ma’lum qilgan.






