AsosiyDunyo

Dunyoda millionerlar eng ko'p yashaydigan davlatlar aniqlandi

World Population Reviewнинг 2025 йилги ҳисоботига кўра, АҚШ миллионерлар сони бўйича, Швейцария эса уларнинг аҳолидаги улуши бўйича етакчилик қилмоқда.

'Dunyoda millionerlar eng ko'p yashaydigan davlatlar aniqlandi'ning rasmi

World Population Review'ning 2025 yilgi hisobotiga ko'ra, AQSh millionerlar soni bo'yicha, Shveytsariya esa ularning aholidagi ulushi bo'yicha yetakchilik qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Shveytsariya katta yoshli aholisining 16,45 foizi kamida bir million dollarlik sof aktivlarga ega.

Bu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat dunyoda birinchi o'rinda turibdi. Keyingi o'rinlarda Lyuksemburg va Hong Kong joy olgan.

Mutlaq soni bo'yicha esa AQShda 22 milliondan ortiq millioner mavjud. Undan keyin Xitoy (6,3 mln), Frantsiya (2,9 mln), Yaponiya (2,7 mln) va Germaniya (2,7 mln) keladi.

Mutaxassislar global boylik taqsimotida tengsizlik hali ham saqlanib turganini ta'kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar