AsosiyDunyo

Germaniyada robotlar ovqat pishiradigan oshxona ishga tushdi

Germaniyaning Düsseldorf shahridagi REWE supermarketida dunyodagi ilk to‘liq avtonom oshxona tizimi – CA-1 Series 4 ishga tushirildi.

'Germaniyada robotlar ovqat pishiradigan oshxona ishga tushdi'ning rasmi

Myunhenlik Circus SE kompaniyasi ishlab chiqarigan robot oshxona inson aralashuvisiz ovqat tayyorlaydi: masalliklarni oladi, pishiradi, idishlarni yuvib, tayyor taomni xaridorga uzatadi.

Tizim soatiga 120 ta ovqat tayyorlay oladi, narxlar esa 6 yevrodan boshlanadi.

CA-1'ning yangi avlodi sun'iy intellekt yordamida masalliklarning holatini kuzatib, chiqindilarni kamaytiradi.

REWE kompaniyasi yaqin vaqtlarda bu kabi robot oshxonalarni yana ikki joyda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar