AsosiyJamiyat

Chiroqchida fuqaroning uyidan 21 kilogrammgiga yaqin giyohvandlik moddasi topilgan

DHX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki marta sudlangan shaxsning uyidan 20 kilogramm 658 gramm marixuana musodara qilindi.

'Chiroqchida fuqaroning uyidan 21 kilogrammgiga yaqin giyohvandlik moddasi topilgan'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Chiroqchi tumanida o‘tkazgan tezkor tadbir chog‘ida 1981 yilda tug‘ilgan, ilgari ikki marta sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida uch dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kg 658 gramm marixuana aniqlandi, daliliy ashyolar sifatida rasmiy tartibda olib qo‘yildi.

Aniqalanishicha, fuqaro giyohvandlik vositasini keyincha sotish, "oson pul topish" maqsadida yetishtirgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ushbu modda bo‘yicha 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar