Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, oftalmologlar ayolning ko'zi ostidan dirofilariya deb ataluvchi parazit chuvallachangni jarrohlik yo'li bilan olishgan.
Mutaxassislarning aytishicha, bu turdagi parazit odamlarga chivinlar orqali yuqadi va odatda kasallangan hayvonlardan o'tadi.
"Bunday holatlar yiliga 3–4 marta qayd etiladi. Parazit inson tanasida ko'paymaydi va atrofdagilar uchun xavfli emas", — deyiladi bayonotda.
Shunga qaramay, dirofilariya kattalashganda 15–18 santimetrgacha o'sishi mumkinligi ta'kidlangan.






