Yevropaning 27 mamlakatida 51–90 yosh orasidagi 80 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bir nechta tilida so‘zlashuvchilarda miyaning qarishi sezilarli darajada sekin kechadi.
Nature Aging jurnalida chop etilgan ishda ko‘rsatilishicha, faqat bitta tilida gapiradiganlarda yosh biomarkerlari va real yosh orasidagi farqning kattalashish ehtimoli ikki til yoki undan ko‘p til biladiganlarga nisbatan ikki baravar baland.
Tillar soni orta borishi bilan ushbu ijobiy ta'sir ham kuchayishi aniqlandi.
Chili universiteti neyrobiologi Agustin Ibanyesga ko‘ra, "atigi bitta qo‘shimcha til o‘rganishning o‘zi qarish xavfini kamaytiradi, ikki yoki uch til esa bu natijani yanada mustahkamlaydi".
Olimlar xulosa qilishicha, ko‘p tillilik kognitiv pasayishdan himoya qiluvchi muhim omil bo‘lib, ushbu ma'lumotlar ta'lim siyosatlarida til o‘rganishni rag‘batlantirishga asos bo‘lishi mumkin.






