AsosiyDunyo

BBC Trumpdan rasmiy uzr soʻradi

"Panorama" dasturida Tramp nutqidan olingan jumlalar noto'g'ri montaj qilingani tan olindi.

'BBC Trumpdan rasmiy uzr soʻradi'ning rasmi

Britaniyaning BBC teleradiokorporatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trumpdan rasmiy uzr so'radi. Qayd etilishicha, o'tgan yili efirga uzatilgan "Panorama" dasturida 2021 yil 6 yanvardagi Trump nutqidan parchalar montaj jarayonida birlashtirib yuborilgan.

Bu esa u tarafdorlarini Kapitoliyga bostirib kirishga bevosita chaqirgandek tasavvur uyg'otgan.

Montaj qilingan versiyada "Biz Kapitoliyga boramiz, men sizlar bilan birgaman va biz kurashamiz" degan jumlalar to'xtovsiz ketma-ket qo'yilgan. Aslida esa bu iboralar nutqda bir-biridan taxminan bir soat farq bilan aytilgan.

BBC raisi Samir Shah bu holat "zoravonlikka da'vat kabi noto'g'ri taassurot" keltirib chiqarganini tan olib, Oq uyga shaxsan xat yuborgan. Korporatsiya mazkur dastur endilikda qayta namoyish etilmasligini ham ma'lum qilgan.

Trumpning advokatlari BBC raddiya va uzr so'ramasa, 1 milliard dollarlik tovon puli talab qilib sudga murojaat qilishini aytgan edi. Korporatsiya uzr so'radi, ammo kompensatsiya to'lashdan bosh tortdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoy hayotni 150 yilgacha uzaytirish uchun tabletkalarni ishlab chiqadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:09

    Xitoy hayotni 150 yilgacha uzaytirish uchun tabletkalarni ishlab chiqadi

    Tadqiqotlar sichqonlarda umr ko'rish muddatini 9,4 foizga oshirganini va hayot davomiyligini 64,2 foizga uzaytirganini ko'rsatdi.

    'AQSh vizasi uchun yangi cheklovlar: semizlik va ayrim kasalliklar rad etish sabablari qatoriga qo‘shildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:51

    AQSh vizasi uchun yangi cheklovlar: semizlik va ayrim kasalliklar rad etish sabablari qatoriga qo‘shildi

    Yangi koʻrsatma 2025 yil noyabrida barcha diplomatik vakolatxonalarga yuborilgan.

    'AQSH Braziliya qahvasiga bojlarni bekor qilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 13.11.2025 22:14

    AQSH Braziliya qahvasiga bojlarni bekor qilishi mumkin

    Trump ma'muriyati ichki bozorda qahva narxini pasaytirish uchun Braziliyadan qahva importiga qo'yilgan bojlarni bekor etishni ko'rib chiqmoqda.

    'Fransiya Pavel Durovga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 13.11.2025 22:08

    Fransiya Pavel Durovga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi

    Telegram asoschisi Pavel Durov Frantsiya hududini tark etish va harakatlanish bo'yicha barcha cheklovlardan ozod etildi. Bu haqda "Bloomberg" manbasiga tayanib xabar berdi.

    'Qirgʻizistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab uzib oldi'ning rasmi

    Dunyo 13.11.2025 17:17

    'Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.11.2025 16:47

    Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi

    Mamlakatda 1990 yildan beri ilk bor poliomielit virusi izlari topildi.