12 noyabr kuni mashhur xonanda Munisa Rizaevaning singlisi — Karima Rizaevaning uyiga noma’lum erkak gulda bilan kelgan. Ayolning aytishicha, u o‘zini g‘alati tutgan erkakdan shubhalanib, eshikni ochmagan va voqeani kuzatuv kameras orqali qayd etgan.
Karima "uyda xavfsizlik tugmasi bor, bosilganda ikki daqiqa ichida militsiya yetib keladi" degan. Xabar berilgach, tezkor guruh hodisa joyiga yetib kelib, erkakni hibsga olgan. Tekshiruv davomida u ilgari giyohvand moddalar, bosqinchilik va o‘g‘irlik uchun javobgarlikka tortilgani aniqlangan.
Karima Rizaeva bunday holatlar jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi:
"Bu e’tibor emas, shaxsiy xavfsizlikka tahdid. Odamning uyiga, ayniqsa tunda, ogohlantirmasdan kelish mumkin emas", — dedi u.






