AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak xotiniga qurol bilan tahdid qildi

Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'Toshkentda erkak xotiniga qurol bilan tahdid qildi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 33 yoshli erkak ov quroli bilan xotiniga tahdid qilib, uni kaltaklagani ma'lum bo'ldi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko'ra, hodisa 22 oktyabr kuni "Ko'ksaroy" MFY hududida sodir bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, R.Q. oralaridagi nizo sabab 35 yoshli turmush o'rtog'i N.Sh.ga ov quroli bilan tahdid qilgan va unga yengil tan jarohati yetkazgan. Tergovga ko'ra, unga 2021 yildan ovchilikka ruxsat berilgan bo'lgan.

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchining ovchilik guvohnomasi bekor qilindi, TOZ-34 rusumli quroli musodara qilindi.

Tibbiy ekspertiza jabrlanganuvchida sog'liqni qisqa muddatga buzilishga olib kelgan yengil tan jarohati borligini tasdiqladi. Tergov ishlari Ohangaron tumani IIB tomonidan davom ettirilmokda.

    Boshqa yangiliklar