AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida to'xtab turgan Cobalt yonib ketdi

Viloyat FVB voqea tafsilotlarini ochiqladi.

'Toshkent viloyatida to'xtab turgan Cobalt yonib ketdi'ning rasmi

Chirchiq shahrida Cobalt rusumli avtomobilda yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, hodisa 14 noyabr kuni soat 20:26 da Amir Temur ko'chasida yuz bergan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan yong'in o'chirish va qutqaruv bo'linmalari olovni soat 20:50 da to'liq o'rab olishga erishgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong'inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori bo'yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar