AsosiyJamiyat

Nazarbek postida haydovchidan giyohvandlik moddasiga o'xshash massa topildi

Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Lacetti haydovchisi Nazarbek postida to‘xtatilib, uning yonidan mumsimon, o‘tkir hidli modda topildi.

'Nazarbek postida haydovchidan giyohvandlik moddasiga o'xshash massa topildi'ning rasmi

Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahar tomon harakatlangan “Lacetti” rusumli avtomobil Nazarbek blok postida to‘xtatildi.

Xodimlar haydovchini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirganida, uning yonidan jigar rangli, o‘tkir hidli, mumsimon giyohvandlik moddasiga o‘xshash massa aniqlangan.

Holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va topilgan modda tuman IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar