AsosiyDunyo

Xitoy kemalari Yaponiya suvlariga kirdi

Senkaku atrofidagi vaziyat yana keskinlashdi.

'Xitoy kemalari Yaponiya suvlariga kirdi'ning rasmi

Xitoy qirg'oqni himoya qilish xizmati kemalari 16 noyabr kuni Senkaku (xitoycha — Dyaoyudao) orollari yaqinidagi Yaponiya nazoratidagi hududiy suvlarga kirib bordi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Pekinning ta'kidlashicha, “patrullik” Xitoyning “huquq va manfaatlarini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilgan. Yaponiya esa mazkur hududni o‘z nazoratidagi hududiy suvlar, deb hisoblaydi.

Hodisa Tokio va Pekin o‘rtasidagi munosabatlari ancha taranglashgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi 7 noyabr kuni parlamentda Xitoyning Tayvanga ehtimoliy hujumiga Tokio harbiy javob qaytarishi mumkinligini istisno etmagan edi. Bu bayonat Pekinda qattiq norozilik uyg‘otdi va Xitoy Yaponiyadan bu pozitsiyadan voz kechishni talab qildi, shuningdek, o‘z fuqarolariga Yaponiyaga bormaslikni tavsiya qildi.

Yaponiya siyosatida yana bir keskin nuqta — yadroviy prinsiplarni qayta ko‘rib chiqish masalasi. Ma'lum bo‘lishicha, Takaichi 1967 yilda qabul qilingan uch “yadrosiz printsip” — yadroviy qurolga ega bo‘lmaslik, ishlab chiqmaslik va mamlakatga kiritmaslik siyosatini qayta muhokama qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Tokio bu taqiq AQShning yadroviy tiqib turish siyosati samaradorligini pasaytirishi mumkinligini ta'kidlayapti.

Hozirda AQSh Yaponiyadagi bazalari yoki yapon portlariga kiruvchi kemalarida yadroviy qurol joylashtira olmaydi. Savol esa ochiq qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Meksikada “Z” avlod ommaiviy namoyishlarga chiqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:31

    Meksikada “Z” avlod ommaiviy namoyishlarga chiqdi

    Yoshlar zoravonlik va giyohvandlikka qarshi keskin norozilik bildirdi.

    'Shveysariya Trumpni qimmatbaho sovg'alar bilan rozi qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:16

    Shveysariya Trumpni qimmatbaho sovg'alar bilan rozi qildi

    Bozlarda 39 foizdan 15 foizgacha tushirildi.

    'Buyuk Britaniya migratsiya qoidalarini keskin qat' iylashtirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:17

    Buyuk Britaniya migratsiya qoidalarini keskin qat' iylashtirmoqda

    Noqonuniy kelganlar doimiy yashash uchun 20 yil kutishga majbur bo‘ladi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    'Yaponiya AQSH yadroviy qurollarini mamlakatga joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 16.11.2025 20:41

    Yaponiya AQSH yadroviy qurollarini mamlakatga joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda

    Tokio xavfsizlik tahdidlari ortib borayotgani sabab "uch yadroy tamoyil"ni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

    'Meksikada hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 16.11.2025 13:03

    Meksikada hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi

    Minglab odamlar namoyishga chiqqan. To'qnashuvlar oqibatida kamida 120 kishi yaralangan. Ulardan 100 nafari politsiyachi ekanligi aytilmoqda.