"Hindustan Times"ning yozishicha, halok bo‘lganlar orasida kamida 16 kishi Hindistonning Haydarobod shahri aholisi bo‘lgan. Avtobus butunlay yonib ketgani sababli rasmiylar marhumlarning shaxsini aniklash jarayonini davom ettirmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fojia mahalliy vaqt bilan soat 1:30 da, Madinadan taxminan 160 km uzoqlikda joylashgan Mufrihat shahri hududida sodir bo‘lgan. Avtobusda 43 yo‘lovchi bo‘lgani, faqat bitta kishi tirik qolgani bildirilgan. Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar voqeadan qattiq afsus bildirdi. Uning ta'kidicha, Riyoddagi elchixona va Jiddadagi konsulxona jabrlanuvchilar va ularning oilalariga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda. Jiddadagi Hindiston elchixonasi halokat qurbonlari oilalari uchun ishonch telefonini e'lon qildi. Haydarobod deputati Asaduddin Ovaysi esa sarosimaga tushgan oilalarga yordam sifatida qurbonlarning shaxsini tezroq aniklash va jasadlarni Hindistonga qaytarishni so‘rab markaziy hukumatga murojaat qilgan.
Boshqa yangiliklar

Dunyo 14.04.2026 04:50
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.

Dunyo 13.04.2026 07:02
Viktor Orbánning 16 yillik hokimiyati tugadi va "saylov avtokratiyasi" deb tanqid qilingan tizim parchalandi.

Dunyo 13.04.2026 04:01
Eron atrofidagi keskinlik va Hormuz bo‘g‘ozidagi xatarlar Seulni yangi energiya manbalarini izlashga majbur qilmoqda.

Dunyo 12.04.2026 16:58
Uning ovozi 1970–80-yillarda hind kinosi musiqasining eng mashhur va ta'sirli belgilaridan biri bo'lib, Bollivud saundtreklarining shakllanishiga katta hissa qo'shgan.

Dunyo 12.04.2026 11:44
Saudiya Arabistoni asosiy neft quvuri hujumlardan so‘ng to‘liq quvvatda ishlashga qaytganini ma’lum qildi.

Dunyo 12.04.2026 09:47
Ukraina harbiylari ma'lum qilishicha, Rossiya kuchlari shanba kuni soat 16:00 dan boshlangan sulhdan buyon 2 299 ta qoidabuzarlik sodir etgan.
