AsosiyDunyo

Rossiyaga kirgan migrantlar soni 1 millionga kamaydi

Rossiyaga eng koʻp Qozogʻiston, shuningdek Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari tashrif buyurmogda.

'Rossiyaga kirgan migrantlar soni 1 millionga kamaydi'ning rasmi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida Rossiyaga kirgan chet elliklar soni 1 millionga kamaygan. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati (FXH) Chegara xizmati ma’lumotlariga tayanib, Moskva FM xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga eng ko‘p Qozog‘iston, shuningdek O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari tashrif buyurmogda.

Mutaxassislar migrantlar oqimi kamayishini mamlakatda migratsiya qonunchiligining kuchaytirilishi bilan bog‘lamogda. Huquqshunoslar ta’kidlashicha, Rossiyada noqonuniy turgan chet elliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladigan ommaiviy ochiq reestr ishga tushirilgan. Bu reestrdagi shaxslarga 30 ming rubldan yuqori bo‘lgan bank operatsiyalari, nikoh qayd etish kabi xizmatlardan foydalanish cheklanadi.

Bundan tashqari, chet elliklarni deportatsiya qilish jarayoni tezlashtirilgan va noqonuniy migratsiyani tashkil qilish uchun javobgarlik yanada kuchaytirilgan.

Qonunlar qat’iylashgani faqat mehnat migrantlariga emas, balki turistlar oqimiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Tur operatorlar assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon turistlar soni 6 foizdan ko‘proqqa kamaygan. Asosiy sabablar sifatida transportdagi qiyinchiliklar, aviabiletlar qimmatligi, chet elliklar uchun qulay to‘lov vositalarining yo‘qligi va SIM-kartalar bo‘yicha muammolar qayd etilmogda.

    Boshqa yangiliklar