AsosiyDunyo

Turkiyaga sayohatga borgan oilaning uch aʼzosi zaharlanib halok boʻldi

Istanbulda koʻcha taomlari isteʼmol qilgan Germaniyalik oila fojiali tarzda zaharlandi, tergov boshlandi.

'Turkiyaga sayohatga borgan oilaning uch aʼzosi zaharlanib halok boʻldi'ning rasmi

Germaniyaning Gamburg shahrida yashagan Boʻjeklar oilasining Turkiyaga sayohati fojea bilan yakunlandi. Istambulga kelgan 4 kishilik oilaning onasi Chigʻdam Boʻjek va 6 hamda 3 yoshli farzandlari midiya, shoʻrva, kolbasa va tovuq goʻshti isteʼmol qilgandan soʻng zaharlanib vafot etdi. Oila bosh Sarvat Boʻjek esa ogʻir ahvolda shifoxonada davolanmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, oila 9 noyabr kuni Istambulning Fotih tumanidagi "Harbour Suites Old City" mehmonxonasiga joylashgan. 11 noyabr kuni Ortakoʻy mavzeidagi koʻcha taomlaridan tanovul qilgach, ular shifoxonaga yotqizilgan, biroz vaqtdan keyin uylariga qaytarilgan, ammo ahvoli yana yomonlashgan. 12 noyabr kuni bolalar hayotdan koʻz yumgan, 14 noyabr kuni ona ham vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Istambul Bosh prokuraturasi jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. Midiya doʻkoni, restoran, loqum doʻkoni egalari, mehmonxona xodimlari va dezinfektorni qoʻshib hisoblaganda jami 11 kishi hibsga olindi. Restoran va mehmonxona muhrlandi, xavfsizlik kameralari tasvirlari va taomlardan olingan namunalar ekspertizaga yuborildi.

Shuningdek, oila yashagan mehmonxona hududida yana ikki sayyoh zaharalanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgani maʼlum qilindi. Politsiya mehmonxonani toʻliq evakuatsiya qildi va mehmonlar boshqa joylarga koʻchirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyaga kirgan migrantlar soni 1 millionga kamaydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:44

    Rossiyaga kirgan migrantlar soni 1 millionga kamaydi

    Rossiyaga eng koʻp Qozogʻiston, shuningdek Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari tashrif buyurmogda.

    'Trump Saudiyaga F-35 sotish niyatini oshkor qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:15

    Trump Saudiyaga F-35 sotish niyatini oshkor qildi

    Oq uy—yaqin sharqdagi harbiy muvozanat o‘zgarishi mumkin.

    'Tuqayev Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:58

    Tuqayev Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

    Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbariga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik maktubi yo‘lladi.

    'BMT Trumpning G'azo bo'yicha rejasini ma'qulladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:23

    BMT Trumpning G'azo bo'yicha rejasini ma'qulladi

    Xavfsizlik Kengashi AQSH prezidenti Donald Trump ishlab chiqqan tinchlik rejasiga xalqaro qonuniylik beruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

    'Praga markazida hukumat shakllantirish jarayoniga qarshi yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:51

    Praga markazida hukumat shakllantirish jarayoniga qarshi yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi

    Namoyishchilar mamlakat siyosiy boshqaruvida uyushgan jinoyatchilik ta'siri kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    'Madina yaqinida avtobus yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 17.11.2025 17:55

    Madina yaqinida avtobus yonib ketdi

    Ushbu mudhish hodisa ortidan kamida 42 nafar ziyoratchi halok bo‘lgan.